Toshkentda elektr energiyasiga kiritilgan cheklovlar qachongacha davom etishi aytildi

Jamiyat

image

Toshkentda elektr energiyasi ta’minotiga oid kiritilgan cheklovlar 16 dekabrga qadar davom etadi. Bu haqda Hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyati ma’lum qildi.

Cheklovlar havo haroratining sovib ketishi, yuqori iste’mol vaqtida Toshkent shahriga belgilangan iste’mol topshirig‘ini bajarish, ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar to‘xtab qolishining oldini olish, iste’mol muvozanatini ushlab turish hamda ta’minotdagi tartibsiz uzilishlarni bartaraf etish maqsadida uzaytirilgan.

“Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq har qanday muammoli vaziyatda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 1154 qisqa raqamli Call-markaziga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot kanalining administratoriga o‘z murojaatingizni yo‘llashingiz mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkent shahrida elektr energiyasi bilan ta’minlovchi past kuchlanishli 6-10 kVli elektr uzatish tarmoqlariga kiritiladigan cheklash jadvali e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

265

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing