Toshkentda E-ijro Auksion tarixidagi eng qimmat yer sotildi
Jamiyat
−
23 dekabr 2020
16296Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shirinobod mahallasidagi 1,99 gektar yer uchastkasi 22,7 mlrd.so‘mga sotildi. Bu haqda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur yer maydoni E-ijro Auksion’da elektron maydon tarixidagi eng qimmat yer uchastkasi bo‘ldi.
Yer uchastkasi qariyb 21,6 mlrd so‘mlik narxda savdoga chiqarilgan. 18 dekabr kuni o‘tkazilgan auksionda 22,7 mlrd so‘m taklif qilgan “Toshkent Qogozi” MCHJ g‘olib deb topilgan. Auksion g‘olibi 24 oy muddatda 2 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish majburiyatini olgan.
Qayd etilishicha, mazkur yer uchastkasida oshxona, kafelar, savdo uylari, mehmonxonalar, ko‘rgazma zallari, sport-sog‘lomlashtirish markazlari qurishga ruxsat beriladi.
LiveBarchasi