Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
06 may 10008 1 daqiqa
Bugun, 6 may kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Damas va Cobalt avtomobillari yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 12:22 da Toshkent shahrining Yashnobod tumani Sodiq Azimov ko‘chasida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 12:28 da yetib borib, yong‘in soat 12:32 da o‘chirilgan.
Yong‘inda Damas va Cobalt rusumli avtomobillar yonib zararlangan.

Bildirilishicha, hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida gazballoni portlashi tufayli Lacetti haydovchisi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.
Live
Barchasi