Toshkentda Cobalt piyodani urib yubordi
3-sahifa
−
10 mart 4175 1 daqiqa
Bugun, 10 mart kuni Toshkent shahrida Cobalt rusumli avtomashina piyodani urib yubordi. Bu haqda poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 16:20 larda Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib ko‘chasida Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi piyodani urib yuborgan.
“YTH natijasida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Boshqarma tomonidan qo‘shimcha ma’lumotlar hozircha taqdim etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida Damas 2015 yilda tug‘ilgan qizaloqni urib yuborgandi.
Live
Barchasi