Toshkentda Cobalt piyodani urib yubordi

3-sahifa

image

Kecha, 3 iyun kuni Toshkent shahrida rusumli avtomobil yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar berdi.

3 iyun kuni soat 13:55 larda 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi N.K. Cobalt rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, Mirzo Ulug‘bek tumani Ahmad Yugnakiy ko‘chasida, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 1998 yilda tug‘ilgan piyoda D.X.ni urib yuborgan. Oqibatda piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

"Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shu o‘rinda piyodalardan yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda doimo yo‘lning belgilangan qismlaridan kesib o‘tishlarini so‘rab qolamiz", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2 iyun kuni Andijon viloyatida Damas va Nexia-3 rusumli avtomobillar o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan va oqibatda Damas rusumli transport vositasidagi yo‘lovchi N.Z. tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Cobalt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing