Toshkentda Cobalt bilan to‘qnashgan “Zaparojets” yonib ketdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Uchtepa tumanida Cobalt bilan to‘qnashgan “ZAZ-968M” rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 11 aprel kuni soat 17:35 larda, Toshkent shahri Uchtepa tumani Sakkokiy ko‘chasida 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi A.P. boshqaruvidagi “ZAZ-968M” rusumli hamda 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi Z.M. boshqaruvidagi Cobalt avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Zarb oqibatida “ZAZ-968M” avtomobilining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Qayd etilishicha, yong‘in bartaraf etilgan. To‘qnashuv oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

335

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing