Toshkentda chinorlar tag-tugi bilan kesib ketildi (video)

Jamiyat

image

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi bir necha chinorlar tag-tugi bilan kesilgani aks etgan videolar tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan poytaxt Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.

O‘rganishlar natijasida videoda aks etgan holat Yunusobod tumanidagi “Akbarobod” mahallasi, 3-mavzesi hududida yuz bergani aniqlangan. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu daraxtlar tabiiy omillar ta’siri oqibatida zararlanib, qurib qolgani hamda hozirgi ob-havo sharoitida aholining hayoti va mol-mulkiga jiddiy ziyon yetkazishi aniqlangan. Potensial xavfning oldini olish maqsadida daraxtlar tuman ekologik nazorat inspeksiyasi mutasaddi xodimlarining nazorati ostida kesilgan.

Shuningdek, bu bo‘yicha tegishli ruxsatnoma shakllantirilgani ham aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida qurilish tufayli 500 dan ortiq daraxt ko‘chirilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent chinor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing