Toshkentda Captiva bilan to‘qnashgan Spark ag‘darilib ketdi
3-sahifa
−
14 noyabr
2093Kecha, 13 noyabr kuni Toshkentda Captiva bilan to‘qnashgan Spark ag‘darilib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 21:00 larda Yunusobod tumani KXAY ko‘chasi Minor masjidi qarshisida haydovchi 1990 yilda tug‘ilgan N.X. boshqaruvidagi Spark rusumli transport vositasi va 2004 yilda tug‘ilgan S.A. boshqaruvidagi Captiva rusumli transport vositalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida Spark transport vositasining haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Payariq tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Lacetti beton to‘siqqa urilib ag‘darilgandi. Voqea sahar soat 05:00 atrofida Payariq tuman hududidan o‘tuvchi 4R-49 avtomobil yo‘lining 12-kilometrida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi tezlikni me’yoridan oshirib, rul nazoratini yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilgan. Hodisa oqibatida haydovchi tan jarohati olib, tibbiy yordam uchun tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Hozirda tuman YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.