Toshkentda BYD yonib kul bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 19 noyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yo‘l-transport hodisasiga uchragan BYD avtomashinasi yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 22:58 da Toshkent shahar Chilonzor tumani “Dilobod” MFY 6-dahasida elektromobil yo‘l-transport hodisasi oqibatida yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 23:04 da yetib borib, yong‘in soat 23:06 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida DAF yuk mashinasi yonib ketgandi. Hodisa oqibatida yuk avtomobilining motor va salon qismlari hamda yukxonasidagi porolon mahsulotlari to‘liq yongan. Tan jarohati olganlar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Chilonzor BYD

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing