Toshkentda BYD avtobus bilan to‘qnashdi
Jamiyat
−
10 fevral
4514Toshkent shahrining Yunusobod tumanida avtobus va BYD o‘zaro to‘qnashdi. Bu haqda shahar IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa joriy yilning 8 fevral kuni soat 07:15 larda Yunusobod tumani THAY ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi A.S. boshqaruvidagi BYD hamda 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi S.A. boshqaruvida bo‘lgan YUTONG rusumli avtobus o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Mirobod tumanida Kinglong rusumli avtobus yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urilgandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
LiveBarchasi
Trenddagilar



