Toshkentda BYD 9 yoshli o‘quvchini urib yubordi. Qiz vafot etgan
3-sahifa
−
20 Sentabr 2024
8829Kecha, 19 sentyabr kuni Toshkent shahrida BYD rusumli avtomobil maktab o‘quvchisini urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat soat 13:45 da Sergeli tumani Fayzli Toshkent ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi M. A. boshqaruvidagi BYD markali avtomobil 2015 yilda tug‘ilgan L.S.ni urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda tibbiy muassasaga olib borilayotgan paytda olgan jarohatlari sabab vafot etdi.
“Ushbu fakt bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalarining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan bog‘liq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov olib borilmoqda” deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi