Toshkentda bolakay o‘yin maydonchasidagi chuqurga tushib ketdi
3-sahifa
−
16 aprel 2023
10884Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida bolalar maydonchasida o‘ynab yurgan yosh bola o‘sha yerdagi chuqurga tushib ketdi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Hokimlikka ko‘ra, “Habib Abdullayev” MFY hududidagi bolalar maydonchasida yog‘ingarchilik oqibatida sun’iy qoplamalar ostida chuqurliklar hosil bo‘lgan.
Buning oqibatida tuproq va tosh qorishmalari yemirilib ketgan. Bolalar maydonchasida yurgan bola A.A. ushbu chuqurchaga tushib ketgan.
“Ushbu holatlar bo‘yicha tuman hokimligi Matbuot xizmati surishtiruv olib bordi va tumanning tegishli tashkilotlari tomonidan bolalar maydonchasi o‘rganildi. O‘rganishlar jarayonida maydonchadagi holatlar to‘g‘rilandi va bolajonlarimiz xavotirsiz o‘yingohdan foydalanishlari mumkin”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 6 yoshli bola suv tarmoqlari bo‘limi xodimlari tomonidan avariya holatini bartaraf etish uchun qazilgan chuqurga tushib ketgan edi.
LiveBarchasi