Toshkentda BMW beton to‘siqqa borib urildi. Jarohatlanganlar bor

3-sahifa

image

Bugun, 20 mart kuni taxminan soat 03:00 da Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

BMW haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ajratib turgan beton to‘siqqa borib urilgan, shundan so‘ng mashina ag‘darilib ketgan.

YTH oqibatida avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 14 mart kuni Toshkent shahrida 5 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergandi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent BMW

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing