Toshkentda bitkoin sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahrida raqamli kripto-valyuta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib kelayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.K. “R.” ismli shaxs bilan oldindan til biriktirgan. So‘ngra raqamli kripto-valyuta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib, 1 V (bitkoin) elektron pul birligini 49 670 AQSH dollariga baholab, 0,45 (bitkoin) elektron pul birligiga o‘zining 5 foiz ustama foydasini qo‘shib hisoblab 0,45 (bitkoin) elektron pul birligini kelishilgan “elektron hamyon”ga  o‘tkazib berib, evaziga xaridordan 23 400 AQSH dollari va 800 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.K. va “R.” ismli shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) va 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

372

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing