Toshkentda bir yildan beri qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi 

3-sahifa

image

Kecha, 18 iyun kuni Toshkentda o‘tgan yildan beri qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Uchtepa tumaniga “Xamkor-29” tadbiriga xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari tomonidan Zargarlik ko‘chasi Al-Xorazmiy aylanma harakatida harakatlanib kelayotgan Lacetti rusumli avtomobil to‘xtatilgan.

Lacetti haydovchisi 1995 yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati Denov tumani “Qiziljar” QFYda ro‘yxatda turuvchi J.M. ni planshetdagi mavjud O‘zbekiston Respublikasi IIV “ABD” tizimidan tekshirilganida, u Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi bilan ayblanib, IIV tomonidan 2021 yilning 29 may kunidan qidiruvda ekanligi aniqlangan.

Ushbu shaxsga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Uchtepa tumani IIO FMBga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

995

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing