Toshkentda bir kunda bir necha mashina oynasi sindirib ketildi. Bu o‘g‘rilikmi?
3-sahifa
−
23 dekabr 2022
9821Joriy yilning 22 dekabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida bir nechta avtomashinaning oynasi sindirib ketilgangani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB)ga ariza bilan murojaat qilib, unga tegishli bo‘lgan Gentra avtomashinasining old yon oynasi sindirilgani va avtomashina ichida bo‘lgan 500 ming so‘mlik soat o‘g‘irlanganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, shu kuni 1995 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli bo‘lgan Cobalt avtomashinasining old yon oynasi sindirilgani, lekin avtomashinasidan hech narsa yo‘qolmagani, 1977 yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli bo‘lgan Spark avtomashinasining ham old yon oynasi sindirilgani va avtomobildan hech narsa yo‘qolmagani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi