Toshkentda bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
03 iyul 2024 6526 1 daqiqa
Bugun, 3 iyul kuni Toshkent shahridagi 3 xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 13:54 da Shayxontohur tumani, Quvur ariq 2-tor ko‘chasida joylashgan bir-biriga tutash qurilgan 3 ta xonadonda yong‘in sodir bo‘lgan. Shunga ko‘ra, 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:00 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:47 da o‘chirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
“Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi “Chorsu” bozorida yirik yong‘in yuzaga kelgandi.
Live
Barchasi