Toshkentda bir-biriga tutash 2 ta uy yonib ketdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 16 may kuni Toshkent shahar Sergeli tumani joylashgan bir-biriga tutash 2 ta uyda yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 14:05 da Toshkent shahar Sergeli tumani “Yuqori Darxon” MFY Beltepa ko‘chasida bir-biriga tutash bo‘lgan 2 ta uyda yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar qilingan. Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:15 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:52 da o‘rab olingan va soat 15:03 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida uylarning taxminan 300 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatidagi “Mavlono” qabristoni yoqib yuborilgandi. Yong‘in oqibatida qabriston hududining 50 kvadrat metr joyi yonib, zararlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in Sergeli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing