Toshkentda beton to‘siqqa urilgan Cobalt haydovchisi vafot etdi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Yunusobod tumanida haydovchi Cobalt rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, beton to‘siqqa urildi va voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu hodisa kecha, 16 yanvar kuni soat 23:00 larda Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Haydovchi 1975 yilda tug‘ilgan A.A. ismli shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan. 

Ma’lum qilinishicha, haydovchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1976 yilda tug‘ilgan A.U. “chap oyoq boldir bo‘g‘imi sinishi” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Mazkur YTH bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing