Toshkentda bedarak yo‘qolgan ikki qiz qidirilmoqda
3-sahifa
−
12 fevral 2022
25987Toshkent shahrida 20 va 22 yoshli ikki nafar qiz qidirilmoqda. Ular uyidan chiqib ketgach, bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Toshkent shahar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2002 yilda tug‘ilgan Dilnoza Bahodir qizi Yunusova 2022 yil 7 fevral kuni Sergeli tumani, Sergeli-7 massivida joylashgan uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Belgilari: bo‘yi 160-165 sm, tana tuzilishi o‘rtacha, sochlari uzun, qora, ko‘zlari jigar.
Kiyimlari: qora kurtka, pushti rang, qora krossovka.
Shuningdek, 2000-yilda tug‘ilgan Kamola Abdukarim qizi Nazarqulova 2021 yil 12 oktyabr kuni “Qo‘yliq” bozoridan chiqib, bedarak yo‘qolgan.
Belgilari: bo‘yi 170-175 sm, tana tuzilishi ozg‘in, sochlari qora.
Kiyimlari: mavsumiy kiyim.
“Hurmatli fuqarolar! Agar sizda yuqoridagi shaxslarning turar joylari to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz”, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.
LiveBarchasi