Toshkentda bedarak yo‘qolgan bolaning jasadi quduqdan topildi
3-sahifa
−
09 iyul
13837Toshkent shahrida bedarak yo‘qolgan 6 yoshli bolaning jasadi suv bilan to‘ldirilgan quduqdan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Aniqlanishicha, xizmat ko‘rsatuvchi korxona ishchilari tomonidan yorilgan issiq suv quvurini ta’mirlash maqsadida kovlangan chuqur ochiq holatda qoldirilgan va uning atrofida xavfsizlik to‘siqlari o‘rnatilmagan. Oqibatda yuqoridagi noxush holat yuz bergan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, deydi Hayot Shamsutdinov.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Katta Farg‘ona kanalidan 33 yoshli erkakning jasadi topilgandi.
LiveBarchasi