Toshkentda bayram archasi o‘rnatiladigan manzillar aytildi

Jamiyat

−

image

Yangi yil arafasida va undan keyin poytaxtning har bir tumanidagi maydon hamda bog‘larda archalar o‘rnatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilinig 25 dekabrdan 5 yanvargacha bolalar va kattalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Quyida Toshkent shahrida o‘rnatiladigan yangi yil archalarining manzillari :

Yunusobod tumani:

 • shaharning bosh archasi — Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi oldidagi maydon

Shayxontohur tumani: 

 • “Navro‘z” bog‘i, “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘i yonida

 • Tashkent city bog‘i

Mirzo Ulug‘bek tumani: 

 • Central Park (sobiq Telman) bog‘i

 • “Yangi O‘zbekiston” bog‘i

 • “Lokomotiv” bog‘i

Chilonzor tumani: 

 • G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i

 • “Humo Arena” muz saroyi oldidagi maydon

Mirobod tumani: 

 • Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i

Bektemir tumani: 

 • Food City savdo majmuasi oldidagi maydon

Sergeli tumani: 

 • “Markaziy xiyobon” bog‘i

Yangihayot tumani: 

 • Index savdo majmuasi.

Olmazor tumani: 

 • “Beruniy” metro bekati yaqinidagi maydon

Uchtepa tumani: 

 • “Seul eko” bog‘i

Yakkasaroy tumani: 

 • “NEXT” ko‘ngilochar-savdo markazi

Yashnobod tumani: 

 • Ashxobod bog‘i 

 • “Aviasozlar” saroyi oldidagi maydon.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

690

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing