Toshkentda ba’zi avtobuslar harakati o‘zgardi
Jamiyat
−
02 avgust 6945 1 daqiqa
Joriy yilning 2 avgust kunidan 25 avgust kuniga qadar Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasining Grand Mir mehmonxonasi bilan kesishmasidan Bobur ko‘chasigacha bo‘lgan qismida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ushbu oraliqda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt Transport bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘l yopilishi sababli avtobus yo‘nalishlari harakati quyidagicha o‘zgartiriladi:
18, 38, 58, 67-sonli yo‘nalishlar
Shahrisabz ko‘chasi – Mirobod – Nukus – Bobur – Shota Rustaveli ko‘chalari orqali harakatlanadi.
57, 81, 98-sonli yo‘nalishlar:
Mirobod – Yusuf Xos Hojib – Bobur ko‘chalari orqali harakatlanadi.
127-sonli yo‘nalish:
Nukus – Muqimiy ko‘chalari orqali harakatlanadi.
Bildirilishicha, ta’mirlash ishlari davomida ko‘chalardagi tirbandlik ortishi ehtimoli mavjud. Shunga ko‘ra, yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
“Avtobuslarning harakat hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxtning Sergeli tumanida issiq suv quvurlarini almashtirish va So‘g‘diyona ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati joriy yil 19 iyuldan 18 avgustga qadar o‘zgardi.
Live
Barchasi