Toshkentda ayrim yo‘llar transport harakati uchun vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazilishi munosabati bilan ertaga, 9 oktyabr kuni soat 06:00 dan 18:00 gacha va 10 oktyabr kuni soat 06:00 dan 15:00 ga qadar yo‘llarning bir qismi transport harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Joriy yilning 9-10 oktyabr kunlari quyidagi yo‘llar vaqtincha yopiladi:

  • KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari kesishmasidan Ch.Aytmatov ko‘chasigacha;
  • KXAY va Sh.Rashidov ko‘chalari kesishmasidan Osiyo va Ch.Aytmatov ko‘chalari kesishmasigacha.

“Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing