Toshkentda ayrim yo‘llar aprelgacha yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi O‘sh ko‘chasining bir qismi joriy yilning 11 fevralidan mart oyi oxirigacha avtomobillar harakati uchun yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Yashnobod tumanining O‘sh ko‘chasi bo‘ylab "Qorasuv" kanali ustidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li ko‘prigi rekonstruksiya qilinadi. Shu sababli O‘sh ko‘chasi “Do‘stlik” madaniyat va istirohat bog‘i ko‘prigi bilan kesishmasidan Boysun ko‘chasi kesishmasigacha va undan O‘sh 1-tor ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oraliq joriy yilning 11 fevralidan mart oyi oxirigacha avtomobillar harakati uchun yopiladi.

“Haydovchilardan aylanma yo‘llardan harakatlanishlarini va keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

204

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing