Toshkentda ayrim ko‘chalardagi harakatlanish vaqtincha cheklanadi

Jamiyat

image

 

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan madaniy-ko‘ngilochar va sport tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbirlar vaqtida ayrim ko‘chalardagi harakatlanish vaqtincha cheklanadi.

17 noyabrda:

Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy otliqlar otryadlarining O‘zbekiston davlat bayrog‘i marshi o‘tkazilishi munosabati bilan soat 11:00dan soat 12:00gacha 

-A.Temur xiyoboni aylanma yo‘li;

-Amir Temur shoh ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasi bo‘ylab Furqat va Bunyodkor ko‘chalari kesishgan chorrahagacha bo‘lgan qismi;

Havaskor velosportchilar uyushmasi va ko‘ngillilar ishtirokida Yashnobod tumanidagi flagshtok o‘rnatilgan maydondan Xalqlar do‘stligi maydonigacha bo‘lgan masofada velosportchilarning O‘zbekiston davlat bayrog‘i marshi o‘tkazilishi munosabati bilan soat 11:00dan 12:00gacha 

- Maxtumquli va Yangi bozor ko‘chalari kesishmasidan Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab Movaraunnahr ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

- Movaraunnahr ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bo‘ylab Abay ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

- Abay ko‘chasidan Olmazor ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

 “Davlat bayrog‘i – faxrim, g‘ururim!” shiori ostida Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan “Xumo arena” muz saroyigacha bo‘lgan oraliqda ommaviy yugurish marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan soat 15:00dan 17:00gacha 

- Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Oybek va Afrosiyob ko‘chalari bo‘ylab Beshyog‘och ko‘chasiga bo‘lgan qismi;

- Beshyog‘och ko‘chasidan “Humo arena” muz saroyigacha bo‘lgan qismi


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent ko'chalardagi harakatlanish cheklanadi

Baholaganlar

16

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing