Toshkentda ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi (ro‘yxat)

Jamiyat

image

Joriy yilning 12 mart kuni Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “V International Tashkent Marathon”, “Yangi nafas”, “Men G‘olib” ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Quyida avtomobillar harakati cheklanadigan yo‘llar ro‘yxati keltiriladi.

Joriy yilning 11 mart kuni soat 10:00 dan 12 mart kuni soat 16:00 gacha:

  • Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

2023 yil 12 mart kuni soat 06:00 dan soat 14:00 gacha:

  • Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Sharof Rashidov ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Islom Karimov ko‘chasi – Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Afrosiyob ko‘chasi – Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Shahrisabz ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Amir Temur shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Oybek ko‘chasi – Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Nukus ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Nukus ko‘chasi – Oybek ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Istiqbol ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Abdulla Qodiriy ko‘chasi – Istiqbol ko‘chasi bilan kesishga chorrahadan Abay ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha.

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing