Toshkentda ayrim ko‘chalar bir haftaga yopiladi
Jamiyat
−
15 noyabr 2019 6174 1 daqiqa
Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi doirasida yer osti o‘tish yo‘lini barpo etish ishlari olib borilishi munosabati bilan Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasining Yunusota va Husayniy ko‘chalari oralig‘idagi qismi 2019 yilning 15 noyabridan 22 noyabr kuniga qadar vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Avtotransport vositalarining harakati aylanma yo‘l orqali amalga oshiriladi.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan madaniy-ko‘ngilochar va sport tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgani va shu tadbirlar vaqtida ayrim ko‘chalardagi harakatlanish vaqtincha cheklanishi haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr