Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Toshkentda ayrim avtobuslar yo‘nalishlari o‘zgaradi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida tarovih namozi o‘qilishi munosabati bilan ayrim avtobuslar yo‘nalishlari o‘zgaradi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.

Ramazon oyi kechalarida tarovih namozi o‘qilishi munosabati bilan joriy yilning 28 fevral kunidan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahrida tarovih namozi o‘qiladigan masjid ko‘chalaridan harakatlanuvchi 50, 22, 127, 18, 106, 148, 9T, 12, 32, 45, 62, 69, 70, 114, 143, 8T, 20, 27, 35, 46, 53, 73, 91, 146, 42, 43, 109, 65, 118, 120, 38, 50,13, 56, 64, 73, 87, 139, 56, 150, 17T, 98, 77, 80, 103, 135, 3, 137, 161, 65, 78, 71 va 29-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati yondosh ko‘chalar orqali o‘zgartiriladi va ushbu yo‘nalishlarda qatnov vaqti hamda avtobuslar oraliq vaqti belgilangan vaqtdan ortib ketishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi barcha viloyatlarda o‘qiladigan tarovih namozi vaqtlari e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus Ramazon oyi tarovih

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing