Toshkentda ayolning oila a’zolari nomidan ovoz berishiga chora ko‘rildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda 14-Toshkent shahar referendum okrugi 772-uchastkasida ayol kishi bir nechta byulletenlarni ketma-ket belgilab turgan holatdagi videosi tarqaldi. 

Mazkur xabar yuzasidan zudlik bilan Markaziy saylov komissiyasi vakillari holatni joyiga chiqib o‘rganishdi.

Aniqlanishicha, mahalla faoli va referendum uchastka komissiyasi a’zosi fuqaro T.N. o‘zboshimchalik bilan byulletenlardan 16 donasini olib, oila a’zolari nomidan referendum qonunchiligini buzgan holda ularga belgilar qo‘ygan. 

Ushbu holat joyida Komissiya raisi tomonidan aniqlanib, mazkur byulletenlar bekor qilinishi ta’minlangan va umumiy hisobdan chiqarilib, buzib qo‘yilgan byulletenlarga qo‘shilgan. 

Holat yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi nazoratida 14-Toshkent shahar referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda atroflicha o‘rganilmoqda.

“Markaziy saylov komissiyasi referendum jarayonlarini qonuniylik prinsiplari asosida o‘tkazilishiga befarq bo‘lmaganliklari uchun jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing