Toshkentda ayolni sudrab, avtomobilda olib ketgan ota-o‘g‘ilga jinoiy ish ochildi
3-sahifa
−
24 noyabr 2022
15951Ayol kishini majburan mashinaga o‘tkazib, olib ketilgan holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 137-moddasi (“Odam o‘g‘rilash”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 2 nafar erkak ko‘chada bir qizni kuch ishlatib, o‘g‘irlab ketgani aks etgan video e’lon qilingandi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ushbu voqea bugun, 24 noyabr kuni Uchtepa tumani, 22-mavzedagi ko‘p qavatli uylar oldida sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Videoda aks etgan holatda 1992 yilda tug‘ilgan D.Sh. otasi X.M. bilan birga Tracker avtomashinasiga turmush o‘rtog‘i – 2000 yilda tug‘ilgan M.A.ni o‘tkazib, noma’lum tomonga olib ketgan.
LiveBarchasi