Toshkentda ayol o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkentda ayol o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘lganda qutqarildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea joriy yilning 28 iyul kuni soat 12:35 da Bektemir tumanida yuz bergan. 43 yoshli Nozimaxon K. “Qo‘yliq” bozori yaqinidagi ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan. Uni tuman IIO FMB xodimlari qutqarib qolgan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u alkogolli ichimlik iste’mol qilgan va o‘zining harakatlariga to‘la javob bera olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ko'prik

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing