Toshkentda ayol 7 yoshli bolasi bilan ko‘chada qoldi. Senat holatni nazoratga oldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkentda 7 yoshli bolasi bilan ko‘chada qolgan namanganlik ayolning holati Oliy Majlis Senati tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda  Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar bermoqda

Joriy yilning 1 avgust kuni internet tarmoqlarida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 7 yoshli bolasi bilan ko‘chada qolgan ayol haqidagi videomaterial keng tarqaldi.

Unda Sh. ismli ayol 7 yoshli farzandi bilan yozda ko‘chada qolishi, ishlab pul topib, qishda yig‘gan pullariga ijarada turib, kun o‘tkazishi va moddiy ahvoli og‘ir ahvolda ekanligi aytilgan.

Shundan so‘ng,  ayolning shart-sharoiti shu kunning o‘zidayoq o‘rganilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro Namangan viloyatidan Toshkent viloyatiga kelin bo‘lib tushgan. Bu boradagi ma’lumotlar ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Qayd etilishicha, tezkor ko‘rilgan choralar natijasida ayol Yunusobod tumani “Otchopar-1” mahallasidagi yotoqxonaga vaqtincha joylashtirilgan. Fuqaroning turmushidagi holati, shart-sharoiti batafsil o‘rganilgandan so‘ng uy-joy bilan ta’minlash masalasi to‘liq hal etiladi.

Hozirda mazkur holat Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi nazoratida o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

246

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing