Toshkentda avtobus yonib ketdi
3-sahifa
−
20 Fevral 2025 8267 1 daqiqa
Bugun, 20 fevral kuni soat 07:41 da Toshkent shahar Olmazor tumanida avtobusda yong‘in chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea Olmazor tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yong‘in boshlanganidan 5 minut o‘tib yong‘in-qutqaruv ekipaji zudlik bilan manzilga yetib borgan va natijada soat 07:50 da yong‘in o‘chirilgan.
Yuzaga kelgan yong‘in sabab halok bo‘lgan va jabrlangan kishilar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 19 dekabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida yo‘lovchi tashuvchi avtobusda yong‘in chiqqandi.
Sara Komiljonova
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr