Toshkentda avtobus yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 24 noyabr kuni Toshkentda 116-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, soat taxminan 06:13 da avtoturargohdan chiqqan avtobus terminal stansiyasiga qarab ketayotgan vaqtda Toshkent kichik halqa avtomobil yo‘lida yonib ketgan. 

Oradan 4 daqiqa o‘tib Toshkent shahar FVB yong‘in-qutqaruv guruhi yetib kelgan. Soat 06:26 da yong‘in qurshab olingan va 06:39da to‘liq bartaraf etilgan.

Hozirda avtobus yonib ketishiga dvigatel bo‘linmasidagi qisqa tutashuv sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in boshlanishidan oldin avtobus haydovchisi vaqtida yo‘lovchilar bo‘linmasidan chiqib ketishga ulgurgan.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

409

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing