Toshkentda avtobus va yuk avtomobili to‘qnashdi. Jarohatlanganlar bor

3-sahifa

image

Bugun, 29 noyabr kuni Toshkent shahrida Mercedes-Benz rusumli avtobus va MAN yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda avtobusning 3 nafar yo‘lovchisi jarohatlandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ ma’lum qildi.

Bugun soat 06:50 larda, Mercedes-Benz rusumli avtobus Yangihayot tumani, Binokor ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda qarama-qarshi tomondan kelayotgan MAN yuk avtomobili avtobusga kelib urilgan. 

Dastabki ma’lumotga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobusning 3 nafar yo‘lovchisi yengil tan jarohati olgan, avtobus va yuk avtomobili texnik shikastlangan.

Bundan kelib chiqadiki,  ijtimoiy tarmoqlarda ushbu YTHda odam vafot etgani haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

“Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganini ma’lum qilamiz. Hurmatli piyodalar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo‘llarda e’tiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!” deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida qalin tuman tufayli 4 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made