Toshkentda avtobus va metro uchun yo‘lkira rasman 3 ming so‘m etib belgilandi

Jamiyat

image

2025 yil 1 yanvardan poytaxt jamoat transporti yo‘nalishlarida (avtobus va metropoliten) bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3 000 (uch ming) so‘m etib belgilandi. Bu haqda  kecha 13 dekabr kuni Toshkent shahar hokimining qarori imzolandi.

Qayd etilishicha, bunda to‘lov elektron to‘lov tizimi (transport yoki bank kartasi) orqali amalga oshirilganda hozirgidek o‘zgarishsiz qoladi – 1 700 so‘m. Barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi.

Naqd pul orqali avtobuslarda harakatlanish uchun Toshkent shahridagi bekatlarda va ular yaqinida o‘rnatilgan barcha to‘lov qurilmalari infokiosklari orqali bir martalik chipta xarid qilish kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, ko‘p martalik – 2, 5, 7 kun amal qiladigan tarif rejalari ham joriy qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev fuqarolarning ovoragarchiligiga chek qo‘yish vaqti kelganini ta’kidlab, barcha hujjatlarni o‘rnini bosadigan bitta – ijtimoiy karta joriy etilishini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus metro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing