Toshkentda avtobus “most”dan qulagani rostmi? Izoh berildi
Jamiyat
−
29 iyul 2023 25744 1 daqiqa
Bugun, 29 iyul kuni Toshkent shahri Uchtepa tumani Archa ko‘chasidagi ko‘prikdan ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati boshlig‘i Muzifa Sultonova bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat O‘zbekiston Kinematografiya agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan maxsus suratga olinayotgan o‘tkir syujetli filmning tasvirga olish jarayonida amalga oshirilgan sahna ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, “most”dan tushib ketgani aytilayotgan avtobus “Toshshahartransxizmat” AJning “4-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi Mercedes-Benz rusumli avtobus hisoblanadi.
Shuningdek, filmni suratga olish jarayonida xavfsizlik choralari ko‘rilgan va suratga olish jarayonida hech bir fuqaro jabrlanmagan.
“Hurmatli fuqarolar o‘z tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarni tarqatmasligingizni so‘rab qolamiz”, deydi Muzifa Sultonova.
Live
Barchasi