Toshkentda avtobus bekatida 51 yoshli erkak yosh qizga zo‘ravonlik qildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi avtobus bekatida noma’lum erkak bir qizga noo‘rin xatti-harakatlar sodir etgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Sadoqat Allaberganova QALAMPIR.UZ'ga ma’lumot berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik yuzasidan 1971 yilda tug‘ilgan shaxsga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilgan.

2001 yilda tug‘ilgan fuqaroga Toshkent vokzali hududidagi bekat oldida notanish erkak noo‘rin xatti-harakatlar bilan so‘kinib, jamoatchilik oldida o‘zining past niyatlarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan.

Sud majlisida arizachi sha’niga tegadigan so‘zlar bilan haqorat qilib, sharmanda qilganini bayon etib, suddan huquqbuzarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Sudning qaroriga ko‘ra, huquqbuzar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

891

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing