Toshkentda “avariya”ga uchragan mashina yonib ketdi
3-sahifa
−
15 Sentabr 2025 6685 1 daqiqa
Bugun, 15 sentyabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yo‘l-transport hodisasiga uchragan avtomobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 00:23 da Shaftolizor ko‘chasida harakatlanib ketayotgan avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchragan va oqibatda mashinada yong‘in sodir bo‘lgan. Holat haqida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 00:30 da yetib borib, yong‘in soat 00:36 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida elektromobil yonib ketgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025