Toshkentda Audi yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida Audi avtomobili yonib ketdi. Holat yuzasidan shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Kecha, 21 dekabr kuni Chilonzor tumani “Qozirobod” mahalla fuqarolar hududidan o‘tgan kichik halqa yo‘lida Audi rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgan.

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:39 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:54 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida avtomobilning motor hamda salon qismi yonib zararlangan. 

Yong‘in elektr simlarida yuzaga kelgan qisqa tutashuv oqibatida sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hodisada tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Avvalroq Navoiy viloyatidagi metan “zapravka”da Damas avtomobili yonib ketgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing