Toshkentda ariqqa qurilish materialini oqizgan fuqaro jazoga tortildi (video)
3-sahifa
−
11 mart
5181Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridan oqib o‘tuvchi Qoraqamish kollektoridagi suv oq rangda oqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holatga poytaxt Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.
Olib borilgan o‘rganish natijasida qurilish materiali hisoblangan suyuq “shpaklyovka”ni qonunga xilof tarzda Qoraqamish kollektoriga o‘zboshimchalik bilan oqizgani aniqlangan. Mazkur qonunbuzilish holatini sodir etgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilib, unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va bazaviy hisoblash miqdorining o‘n barobari (3 400 000 so‘m) miqdorida jarima belgilangan.
Shuningdek, ifloslantirilgan Qoraqamish kollektoridan ekologik laboratoriya uchun tahlil namunalari olingan, bugungi kunda mutaxassislar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. Tekshiruv ishlarining yakuniy natijalari bo‘yicha tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanib, qoplama to‘lovlari undiriladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 fevral kuni Toshkent issiqlik elektr stansiyasida mazutdan foydalanilayotganligi aniqlangan va IES atrof-muhitni ifloslantirgani uchun 1 mlrd 23 mln so‘m (atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun 759 mln, neft mahsulotlari bilan yerni ifloslantirganlik uchun 264 mln) miqdorida jarimaga tortilgandi. 6 fevralda esa Yangi Angren IESning atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli moddalar belgilangan me’yorlarga nisbatan yuqori ekani aniqlandi va u 1 mlrd 3 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
LiveBarchasi