Toshkentda anchadan beri yopiq turgan yo‘l qayta ochiladi
Jamiyat
−
05 yanvar 2021
6515Toshkent shahrida ko‘pdan beri yopiq turgan yo‘lni qayta ochish ishlari boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, Yo‘l harakati qatnashchilariga qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Parkent ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasiga o‘tish yo‘lini ochish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, ushbu yo‘lda piyoda va velosipedchilar harakati uchun alohida yo‘laklar tashkil etish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi