Toshkentda AQSH va Markaziy Osiyo vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Jamiyat

image

Bugun, 15 iyul kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiya doirasida “C5+1” muloqot shaklining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari delegatsiyalariga Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev boshchilik qilgan.

Tadbirda Amerika tomonidan AQSH Prezidentining Ichki xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahtchisi Elizabet Shervud-Rendall qatnashgan.

Tomonlar “C5+1” shakli doirasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlarini muhokama qilib, xalqaro siyosat va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari borasida fikr almashgan.

Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH tashqi ishlar vazirlarining “C5+1” formatidagi avvalgi sammiti 23 aprel kuni videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan edi.

Foto: Elizabet Shervud-Rendall va Abdulaziz Kamilov

Eslatib o‘tamiz, kecha Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing