Toshkentda aholidan undirilgan 97,7 mln so‘m kommunal to‘lov “yeb yuborildi”

3-sahifa

image

Toshkentda aholidan kommunal to‘lovlar uchun yig‘ilgan 97,7 million so‘mni o‘zlashtirgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati moddiy javobgar shaxslari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. 

Unda tumanidagi Sergeli-5 mavzesidagi 6 ta ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “A.B.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati moddiy javobgar shaxslari xonadon egalaridan kommunal to‘lovlar uchun yig‘ilgan 97,7 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing