Toshkentda 900 ming dollar pora so‘ragan shaxslar ushlandi
Olam
−
09 Sentabr 2025 16240 1 daqiqa
Toshkent shahrida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, yer maydonini o‘zgartirish evaziga 900 ming dollar talab qilganlar qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bir fuqaro Davlat xavfsizlik xizmatining “Call markazi”ga murojaat qilib, 2 shaxs o‘zlarining hokimlikda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Sergeli tumanida joylashgan MCHJga tegishli 1 gektar yer maydonining toifasini o‘zgartirib, u yerda ko‘p qavatli uy-joy qurishga ruxsat olib berish evaziga 900 ming dollar talab qilganini aytgan.
Toshkent shahrining Mirobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirish niyatida bo‘lganlar oldindan 220 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati, Furqat tumanida 22 sotix yer maydonini sotishga uringan shaxslar ushlangandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025