Toshkentda 9 yoshli qizni urib ketib, hayotiga nuqta qo‘ygan haydovchi qamaldi

3-sahifa

image

2024 yilning 19 sentyabr kuni Toshkent shahrida BYD rusumli avtomobil maktab o‘quvchisini urib yuborgan va hodisa oqibatida 9 yoshli qizcha vafot etgandi. Ushbu baxtsiz hodisani sodir etgan haydovchi to‘rt yil ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 19 sentyabr kuni soat taxminan 14:00 larda Sergeli tumanida ro‘y bergan. Mazkur holat yuzasidan esa sud ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 266-moddasining (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan aybli deb topilgan va u ikki yil barcha turdagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan. Shu bilan birgalikda, qoidabuzar haydovchiga nisbatan to‘rt yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 may kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida Lacetti avtomashinasi piyodani urib yuborgandi va u shifoxonada vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent BYD

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing