Toshkentda 9 balli zilzila ro‘y beradimi? FVV izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda 9 magnitudali zilzila bo‘lishi kutilayotgan hududlar xaritasi e’lon qilingani haqidagi xabarlar tarqaldi. Tarqatilgan xaritada poytaxtdagi Chilonzor, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor, Yakkasaroy va Yunusobod tumanlarida yer qimirlashi prognoz qilingan. Eng xavfsiz hududlar sifatida Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek tumanlari keltirilgan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan bu ma’lumot e’lon qilinmagan”, deyiladi xabarda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishonchli ma’lumotlarni faqatgina ularning rasmiy manbalaridan olishlarini so‘ramoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing