Toshkentda 7-sinf o‘quvchisi Tracker’ni “ugon” qildi  

Jamiyat

image

Joriy yilning 2 noyabr kuni Toshkent shahrida 13 yoshli o‘quvchi Tracker avtomobilini olib qochdi. Bu haqda Ichki ishlar Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, mashina egasi ishdan qaytgach avtomobilni odatdagi joyida ochiq qoldirgan. Yarim tunda uydan chiqib ketgan 7-sinf o‘quvchisi ochiq qolgan avtomobilni osonlikcha o‘t oldirgan.

“Kechqurun mashina bor edi. Ertalab o‘g‘lim maktabga ketadigan vaqt qarasam, mashina yo‘q”, deydi avtomobil egasi.  

Xabarga ko‘ra, qidiruvga berilgan mashina topilgan va egasiga qaytarilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 noyabr kuni Toshkent shahrida shunga o‘xshash holatga 25 yoshli qiz qo‘l urgandi. U Nexia-3 rusumli avtomobilni haydab qochgan. Holat yuzasidan “To‘sib ushlash” rejasi e’lon qilingan. Yakunda qiz ham, avtomobil ham topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

553

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing