Toshkentda 7 oylik bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol qamaldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkentning Yangihayot tumanida ayol 7 oylik farzandini 10 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Yangi Davr” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 23 mart kuni Toshkent shahrida ayol o‘zining 7 oylik farzandini boshqa fuqaroga 10 000 dollarga sotayotgan vaqtda ushlangan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u farzandini ta’minlay olmagani sabab uni sotishga majbur bo‘lgan. Shuningdek, u o‘zganinng xonadanida sigir sog‘uvchi sifatida ishlab, bolasini ham sigir suti bilan oziqlantirgan.

Xabarga ko‘ra, ayolning 7 oylik chaqalog‘i va yana bir farzandi mehribonlik uyiga topshirilgan.

Mazkur holat yuzasidan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qilib, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

237

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing